Eng: Academic Coordinator of ECESBF, Ludmila Murodova, conducted the course "European Dimension of International Finance: Focus on digitalization and sustainability".
A French diplomat who used to work in diplomatic missions and a specialist from the Institute of Forecasting and Macroeconomic Research were also invited to hold guest lectures.
As part of the course, students were immersed in the world of financial technology and learned about the latest trends in digitalization and sustainability in the European market.
During the course, students had the opportunity to discuss topical issues with experts, share knowledge and experience with colleagues, and expand their knowledge of international finance.
We thank Mrs. Ludmila Muradova and all guest experts for their contribution to the course "European Dimension of International Finance: Focus on digitalization and sustainability". We hope that our students got the most out of this course and will be able to apply their knowledge in their future professional projects.
Uz: ECESBFning akademik koordinatori Lyudmila Murodova “Yevropa o‘lchovida xalqaro moliya: raqamlashtirish va barqarorlikka e’tibor” nomli kursni o‘tkazdi.
Kurs doirasida ilgari diplomatik missiyalarda faoliyat yuritgan fransuz diplomati hamda Iqtisodiy prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassisi mehmon ma’ruzachi sifatida taklif etildi.
Talabalar kurs davomida moliyaviy texnologiyalar olamiga sho‘ng‘ishib, Yevropa bozoridagi raqamlashtirish va barqarorlik sohasidagi so‘nggi tendensiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ekspertlar bilan dolzarb mavzularni muhokama qildilar, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda xalqaro moliya sohasidagi tushunchalarini yanada kengaytirdilar.
Xonim Lyudmila Murodova va barcha mehmon mutaxassislarga “Yevropa o‘lchovida xalqaro moliya: raqamlashtirish va barqarorlikka e’tibor” kursiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Umid qilamizki, talabalar ushbu kursdan maksimal foyda olib, egallagan bilimlarini kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatli qo‘llay oladilar.