Eng: In April–May 2025, Tashkent State University of Oriental Studies (TSUOS) organised the Introductory Course of Lectures (6 academic hours) for a new group of undergraduate students from the Economics of Foreign Countries and Tourism programmes. A total of 71 students attended the course, which was held on Tuesdays during the first session.
As in March, the course was based on materials provided by the Erasmus Centre of Excellence in Sustainable Business and Finance (ECESBF) and delivered by professors of TSUOS. Its aim was to familiarise students with European approaches to sustainability and digitalisation in the business sphere, fostering a broader international perspective and strengthening their applied knowledge in these critical areas.
Uz: 2025-yil aprel-may oylarida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr dasturlari talabalarining yangi guruhi uchun 6 akademik soatlik kirish ma’ruzalari kursini tashkil etdi. Darslar seshanba kunlari birinchi juftlikda o‘tkazildi va jami 71 nafar talaba ishtirok etdi.
Mart oyidagi kabi, kurs ECESBF markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, TDShU professorlari tomonidan o‘qitildi. Kursning maqsadi - talabalarga biznes sohasidagi Yevropa yondashuvlarini, xususan barqarorlik va raqamlashtirish tamoyillarini tanishtirish, ularning xalqaro dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu muhim yo‘nalishlardagi amaliy bilimlarini mustahkamlashdan iborat edi.
![]()