Eng: Rector of TSUE, Kongratbay Sharipov, opened the meenting and welcomed guests. Madame Charlotte Adriaen, Ambassador of the EU Delegation in Uzbekistan underlined significance of interest of Uzbek HEIs in the experience of European Union. Aziza Karimova, Head of Erasmus National Office in Uzbekistan stressed the role and involvement of TSUE in Erasmus projects demonstrated the selection results of the last Call. After, academic coordinator, Lyudmila Muradova and Team Leader, Oksana Galak presented the main packages and directions of ECESBF acivity.
Uz: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich yig‘ilishni ochib berdi va mehmonlarni samimiy qutlab o‘tdi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi elchisi, xonim Sharlotta Adriaen O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining Yevropa Ittifoqi tajribasiga bo‘lgan qiziqishining ahamiyatini ta’kidladi. Erasmus milliy ofisi rahbari Aziza Karimova TDIUning Erasmus loyihalaridagi faol ishtiroki va rolini e’tirof etib, so‘nggi tanlov natijalarini taqdim etdi. Shundan so‘ng, akademik koordinator Lyudmila Muradova hamda loyiha lideri Oksana Galak ECESBF loyihasining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berishdi.