Eng: The Institute of forecasting and macroeconomic research's doctoral students have commenced an introductory course titled "Digitalization and Sustainability – Lessons from Europe" which is being sponsored by ESECBF. By examining the EU's digital finance strategy, the students will gain valuable knowledge on the benefits and obstacles of digital finance, as well as the regulatory structures required for its implementation. The adoption of digital finance technologies by Uzbekistan, a developing country, could enhance financial inclusion and stimulate economic growth.
Uz: Iqtisodiy prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti doktorantlari ECESBF homiyligida “Raqamlashtirish va barqarorlik – Yevropa tajribasidan saboqlar” nomli kirish kursini boshladilar. Kurs davomida talabalarga Yevropa Ittifoqining raqamli moliya strategiyasi o‘rganish orqali raqamli moliyaning afzalliklari va muammolari, shuningdek, uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tartibga solish mexanizmlari haqida qimmatli bilimlar beriladi. Rivojlanayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston tomonidan raqamli moliya texnologiyalarini joriy etish moliyaviy inklyuziyani kengaytirishga va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qilishi mumkin.
![]()
![]()
![]()