Eng: Our next course on "European Dimension of International Business and Finance: focus on Digitalisation and Sustainability" has come to an end. For 10 days an experienced specialist in the field of international business and finance conducted a course of lectures, as well as practical assignments and group classes. Students studied such topics as international trade and investment, digital technologies in international business, sustainable development and its impact on business processes.
The course also emphasized current themes of digitalization and sustainability in international business. Students explored innovative approaches to digital business transformation, as well as the relationship between sustainability and business strategies. These topics were the subject of interesting discussions and allowed students to better understand the current challenges and opportunities in international business.
At the end, all attendees were given certificates of successful completion and participation in our course.
Uz: “Yevropa o‘lchovida xalqaro biznes va moliya: raqamlashtirish va barqarorlikka e’tibor” nomli navbatdagi kursimiz o‘z yakuniga yetdi. O‘n kun davomida xalqaro biznes va moliya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis ma’ruzalar, amaliy topshiriqlar va guruh mashg‘ulotlarini olib bordi. Talabalar xalqaro savdo va investitsiya, xalqaro biznesdagi raqamli texnologiyalar, barqaror rivojlanish va uning biznes jarayonlariga ta’siri kabi mavzularni o‘rganishdi.
Kurs davomida xalqaro biznesda raqamlashtirish va barqarorlikning dolzarb jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar raqamli transformatsiyaning innovatsion yondashuvlarini, shuningdek, barqarorlik va biznes strategiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilishdi. Ushbu mavzular qiziqarli muhokamalarga sabab bo‘lib, talabalar uchun xalqaro biznesdagi hozirgi muammolar va imkoniyatlarni yanada chuqurroq tushunishga yordam berdi.
Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatli tamomlaganlik va faol ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.
![]()
![]()