Eng: ECESBF took part in the Exhibition of Projects Dedicated to the 30th anniversary of the Partnership between Uzbekistan and the European Union
On May 18, 2024, our ECESBF organization took an active part in a large-scale event organized in honor of the 30th anniversary of cooperation between Uzbekistan and the European Union. The event was held in the Botanical Garden at 232 Bogishamol Street, Tashkent.
The exhibition of EU-sponsored projects gathered many participants, including delegations from various EU-funded projects and embassies of EU member states. ECESBF presented its key projects, which aroused considerable interest among visitors to the fair, including representatives of the public and the media.
During the festival, our organization not only demonstrated successful projects, but also took part in various interactive events, providing an opportunity for participants to get to know our work and goals better. The event culminated in a gala concert, where famous singers and musical groups gathered, emphasizing cultural diversity and mutual respect, which forms the basis of our partnership with the European Union.
"This event has become an excellent platform for sharing experiences and strengthening international relations," said Lyudmila Muradova, ECESBF Coordinator. "We are grateful to the European Union for its support and assistance in the implementation of our projects, which contribute to the development of our region and strengthen cooperation."
Our initiatives and efforts to develop cooperation have been highly appreciated, and we look forward to new opportunities to implement joint projects in the future.
Uz: ECESBF O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan loyihalar ko‘rgazmasida ishtirok etdi
2024-yil 18-may kuni ECESBF tashkiloti O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan yirik tadbirda faol ishtirok etdi. Tadbir Toshkent shahridagi Bog‘ishamol ko‘chasi, 232-manzilda joylashgan Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar ko‘rgazmasi turli YI tashabbuslari vakillari, elchixonalar hamda keng jamoatchilikni bir joyga jamladi. ECESBF o‘zining asosiy loyihalarini taqdim etib, tashrif buyuruvchilar, jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillarining katta qiziqishini uyg‘otdi.
Festival davomida tashkilotimiz nafaqat o‘zining muvaffaqiyatli loyihalarini namoyish etdi, balki interfaol tadbirlarda ham qatnashib, ishtirokchilarga markaz faoliyati va maqsadlari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi. Tadbir gala konsert bilan yakunlanib, unda mashhur xonandalar va musiqiy guruhlar ishtirok etdi. Ushbu badiiy dastur madaniy xilma-xillik va o‘zaro hurmat tamoyillarini ifodalab, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkam asosini yoritdi.
“Bu tadbir tajriba almashish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun ajoyib maydonga aylandi,” dedi ECESBF koordinatori Lyudmila Murodova. “Biz Yevropa Ittifoqiga loyihalarimizni amalga oshirishdagi qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdormiz. Ushbu tashabbuslar mintaqaning rivojlanishiga hissa qo‘shib, hamkorlikni yanada kuchaytirmoqda.”
Bizning tashabbuslarimiz va hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz yuqori baholandi. ECESBF jamoasi kelgusida ham yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni intiqlik bilan kutmoqda.
![]()