Eng: From March 3 to March 21, 2025, the third course “European Dimension of International Finance: Focus on Digitalization and Sustainability” was successfully delivered by Associate Professor Lyudmila Muradova from the Tashkent State University of Economics (TSUE) within the framework of the Erasmus Centre of Excellence in Sustainable Business and Finance (ECESBF).
The course introduced participants to the transformation of Europe’s financial systems through digitalization and sustainability. Students discussed key topics such as green finance, ESG investment, and the integration of sustainability in financial decision-making.
Through interactive sessions and practical case studies, participants deepened their understanding of the EU’s sustainable finance practices and their relevance to Uzbekistan’s financial sector.
The ECESBF team extends its appreciation to Associate Professor Lyudmila Muradova for her contribution to advancing sustainable finance education and fostering academic cooperation between Europe and Uzbekistan.
Uz: 2025-yil 3–21 mart kunlari “European Dimension of International Finance: Focus on Digitalization and Sustainability” nomli uchinchi kurs Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TSUE) dotsenti Lyudmila Muradova tomonidan Erasmus Centre of Excellence in Sustainable Business and Finance (ECESBF) doirasida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Kurs davomida ishtirokchilar Yevropaning moliyaviy tizimlari qanday qilib raqamlashtirish va barqarorlik tamoyillari asosida o‘zgarayotganini o‘rgandilar. Mashg‘ulotlarda yashil moliya, ESG investitsiyalar va korporativ qaror qabul qilishda barqarorlikni integratsiya qilish kabi asosiy mavzular muhokama qilindi.
Amaliy misollar va muhokamalar orqali talabalarning Yevropa Ittifoqining barqaror moliya tajribasi haqidagi bilimlari chuqurlashdi hamda ushbu yondashuvlarning O‘zbekiston moliya sektori rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilindi.
ECESBF jamoasi dotsent Lyudmila Muradovaga barqaror moliya ta’limini rivojlantirish va Yevropa hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.
![]()